Essay on Asdasd

11119 Words Mar 5th, 2014 45 Pages
Jazoir
(Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi, JXDR)
Maydoni – 2382000 kvadrat kilometr.
Aholisi – 30600000 kishi. Bu davlat Afrikaning shimolida. Uning ko‘p qismini jazirama Sahroi Kabir cho‘li egallagan. Bu yerda bepoyon yassi tekisliklar, qumliklar, oftobda qovjiragan qoyalarni ko‘rasiz. Ba’zi buloqlar yonida xurmozorlar uchrab turadi. Vohalarda odamlar yashaydi. Onda-sonda o‘t-o‘lan va suv izlab qo‘y va tuya podalarini haydab yurgan ko‘chmanchi cho‘ponlarni uchratib qolasiz.
O‘rta dengiz sohili bo‘yidagi ensiz yam-yashil ko‘kalamzor yerlarni Sahroi Kabirdan Atlas tog‘lari ajratib turadi. Jazoirliklar tepalik yonbag‘irlarida va vodiylarda apelsin va limon, tok, zaytun, sabzavot, don yetishtiradilar. Mamlakat aholisining ko‘pchiligi
…show more content…
Ular mamlakatdan don, neft, ko‘mir, metallar tashib ketdilar. Jazoirliklar esa unumsiz yerlarga surib chiqarilgan edi, ular shaharlar chekkasidagi ko‘rimsiz past uylarda turar, ochlik va kasalliklardan azob chekar edilar. Ammo Jazoir xalqi mustamlakachilar hukmronligiga qarshi qo‘zg‘oldi. Jazoir ozodligi va mustaqilligi uchun kurash yetti yil davom etdi. Bu kurash 1962-yilda Jazoir xalqining g‘alabasi bilan yakunlandi, va 5 iyul kunida Jazoir mustaqillikga erishdi. Jazoirliklar astoydil mehnat qilib, ko‘pgina muvaffaqiyatlarga erishdilar. Yangi fabrikalar, shifoxonalar, maktablar qurildi. Mamlakatdagi barcha bolalar ta’lim olmoqda. Jazoir bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yilda o‘rnatilgan. Bugungi kunda jo'g'rofiy jihatdan bir-biridan ancha olisda joylashishiga qaramasdan, ikki mamlakat ham turli sohalar, jumladan, parlamentlararo ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish borasida e'tiborga molik sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Jazoir delegasiyasining mazkur tashrifi ushbu sohadagi munosabatlarni kengaytirishning yangi imkoniyatlarini ochib, kelgusida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga turtki beradi.
Mamlakatlarimiz ta'lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik borasida ham birmuncha tajribaga ega. Turli yillarda yuzlab jazoirlik talabalar O'zbekiston oliy o'quv yurtlarida

Related Documents